

Futbolchining agenti Mino Rayola mijoziga yangi klub qidirishni boshlab yuborgan.
Marioning "Breshiya" bilan yana 2 yilga mo'ljallangan shartnomasi bor. Ammo har ikki tomon hamkorlikning to'xtatilishidan manfaatdor. B Seriyaga tushib ketgan klub uchun Balotellining maoshini to'lab berish muammo tug'diradi. O'yinchining o'zi ham 2-divizionda o'ynashga qarshi. Shuningdek, u "Breshiya" xo'jayini Massimo Chellino bilan ham ziddiyatga borgan.
Balotelliga "Beshiktosh" jiddiy qiziqish bildirayotgani to'g'risida xabarlar tarqalgach, Rayola mijozi uchun Italiyadan bir nechta takliflar borligini ma'lum qilgandi.



