Balotelli faoliyatini qayerda davom ettirishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2020, 08:55
Mario Braziliya klubiga o'tadi.

Braziliyaning “Vasko da Gama” klubi italiyalik hujumchi Mario Balotelli bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. 30 yoshli Mario yarim yildan beri jamoasiz yuribdi. Braziliyaliklar futbolchi bilan 2021 yil dekabriga qadar bitim tuzishi kutilmoqda.

Balotelli o'tgan mavsum “Breshiya” safida harakat qilgandi. Italiya A Ceriyasida 19 ta o'yinda 5 ta gol urishga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Express