Balotelli "Breshiya" bilan sudlashmoqchi

Mirjalol Normatov
1 iyun 2020, 21:26
"Breshiya" futbolchisi Mario Balotellining klub bilan tushunmovchiliklari bor.

Oldinroq klub prezidenti Massimo Chellini ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Balotelliga javob berilishini aytgandi. U Marioni egoist deb atab, kutgan umidlarini oqlamaganini bayon qilgandi. Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi shartnomasi bekor qilinishini bilib, mashg'ulotlarga ham bormay qo'ygan.

Futbolchiga ushbu holat yoqmayapti. Bunday holatda u klubdan kompensaciya pulini talab qilmoqda. Qayd etilishicha, Mario advokatlarini shu ishga yo'naltirgan.

Hujumchi ushbu mavsum A Seriyada 19 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal