Ballak Germaniya terma jamoasiga mos murabbiyni aniqladi

Sherzod Nurmatov
19 sen 2023
Bu chet ellik mutaxassis.

Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Mixael Ballak Bundestimga munosib murabbiyni aytdi.

"Murabbiy izlash eng yaxshisiga qaratilishi kerak. Men tajribali insonni tayinlagan bo'lardim, Lui van Gal – ajoyib murabbiy. Van Galda deyarli hamma narsa bor. 

Menimcha, jamoaga yangi impuls kerak. U hurmatga sazovor, katta tajribaga ega, murabbiylikning barcha nozik tomonlarini biladigan inson. Uning Niderlandiya pasportiga ega ekanligini qabul qilsak bo'ldi", – dedi Ballak.

Avvalroq van Gal Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lish uchun nomzodlardan biri edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kicker