Bahrayn Osiyo Kubogi-2019 mezbonligi uchun kurashdan chiqdi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2013, 15:02
Xabaringiz bor, 2015 yilgi Osiyo chempionati yanvar oyida Avstraliyada o'tkaziladi.
Mazkur Osiyo Kubogini o'zida qabul qilish uchun shu paytgacha sakkizta davlat da'vogarlik qilayotgan edi. Ammo kuni kecha Bahrayn FF o'z nomzodini qaytarib oldi va natijada buyog'iga ettita davlat mezbonlik uchun kurashadi. Bular – Xitoy, Eron, Ummon, Tailand, Quvayt, Saudiya Arabistoni va BAA.

Eslatib o'tamiz, shu yilgi Fors ko'rfazi Kubogiga Bahrayn mezbonlik qilgan va ularning tashkilotchiligi OFKda iliq taassurot qoldirgandi. Mana endi yaqinda Bahrayn 2019 yilgi Osiyo Kubogi mezbonligi uchun kurashmaslikni maqul ko'rdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia