Bahodir Ahmedov: "Finalga chiqishni istagan edik. Lekin..."

Eldor Akmurzayev
10 okt 2022
Quvaytda bo'lib o'tgan Osiyo chemponatida bronza medallariga ega chiqqan O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun tunda yurtimizga qaytib keldi.

Tantanali kutib olish marosimida terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Musobaqadagi ishtirokimiz yaxshi bo'ldi. Maqsadimiz finalda o'ynash edi. Lekin omadimiz kelmadi. Muxlislardan uzr so'raymiz. Keyingi musobaqalarda yanada yaxshi o'rinlarni egallashga harakat qilamiz. 

Rustam Umarov tajribali futzalchimiz. Umid qilamanki, bundan keyin ham yoshlarga o'z maslahatlarini berib boradi. Osiyo chempionatida debyut qilgan yosh futzalchilarimiz yaxshi taassurot qoldirishdi. Ulardan ko'nglim to'ldi", - deydi Bahodir Ahmedov.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia