

Yana ham aniqrog'i, BAA FF 3 va 5 yanvar kunlariga O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish taklifi bilan chiqqan. Xuddi shunday taklifni Yaman ham bildirgan. Yamanliklar xatto avia chiptalar va mehmonxona harajatlarini ham o'z zimmalariga olishlarini aytishgan. E'tiborlisi, Yaman va BAA Ummondagi Osiyo chempionatida bir guruhdan joy olishgan. Tushunish juda qiyin, tayyor o'yinlar taklif qilinsayu, biznikilar bundan osonlikcha voz kechib yuborishsa. "Paxtakor" jamoasining ikkinchi tarkibiga mag'lub (1:3) bo'lgan Shuhrat Maqsudov shogirdlari uchun asosini BAA milliy termasi futbolchilari tashkil etadigan jamoa bilan chinakamiga o'rtoqlik o'yini o'tkazgan yaxshi emasmidi? Takidlash joiz, aynan shu kunlar oralig'ida, yani 5-11 yanvar kunlari terma jamoamiz Dubayda yig'in o'tkazadi va u yerdan Ummondagi Osiyo chempionatida qatnashish uchun yo'lga chiqadi.
Kamoliddin Alimov.
Kamoliddin Alimov.



