BAA terma jamoasi O'zbekiston bilan o'yinga tayyorlanmoqda

Sherzod Nurmatov
30 may 2025
Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi JCH 3-saralash bosqichi 9-turidan o'rin olgan O'zbekiston bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

BAA futbol assotsiatsiyasi Kosmin Olariu jamoasi mashg'ulot jarayonidan suratlarni taqdim etdi.

Avvalroq BAA O'zbekiston va Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yinlar uchun qaydnomani e'lon qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, BAA – O'zbekiston uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uaefa.ae