BAA. "O'zbek derbisi"da hamyurtlarimiz Sofascore tomonidan necha bahoga loyiq ko'rildi?

Khoja
1 noya 2025, 08:08
Kecha BAA chempionatining navbatdagi turida "o'zbek derbisi" bo'lib o'tdi.

"Baniyas" va "Dibba" o'rtasidagi bahs 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida Otabek Shukurov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 1-golga assistlik qildi. Akmal Mozgovoy esa 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Mehmonlar safida harakat qilgan Abdulla Abdullaev ham uchrashuvni to'liq o'tkazdi.

Sofascore kechagi uchrashuvda Shukurovga 7.3 baho qo'ydi. Mozgovoy va Abdullaev esa 6.5 bahoga loyiq ko'rildi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sofascore.com