

Dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri "Etihad Airways" bundan buyon BAA futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qiladi. Assotsiatsiya prezidenti Shayx Rashid bin Hamid Al Nuaimi bu haqda shunday dedi:
- "Biz juda yaxshi kelishuvga erishdik. Endilikda "Etihad Airways" mamlakatimiz asosiy jamoasi bilan birgalikda olimpiya va yoshlar jamoalariga ham homiylik qiladi. O'ylaymanki, bu hamkorlikdan har ikki tomon yutadi, BAA bayrog'i qita bo'ylab yanada yuqoriga ko'tariladi".




