Azizbek Amonov Eronga yetib bordi va "Istiqlol" bilan shartnoma tuzdi

Sherzod Nurmatov
9 fev 2022, 19:27
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi "Istiqlol" bilan 2,5 yillik kelishuvni rasmiylashtirdi.

"Istiqlol" matbuot xizmatiga ko'ra, Azizbek Amonov klub ixtiyoriga yetib borib, jamoa bosh direktori Mustafo Ajorlu bilan ko'rishgan. 

24 yoshli futbolchi 2,5 yillik kelishuvga imzo chekdi.

2 karra O'zbekiston chempioni Amonov shu vaqtga qadar "Lokomotiv" va "Buxoro" safida jami 89 o'yinda qatnashib, 15 ta gol urgan va 7 ta golga assistentlik qilgan. 

Eslatib o'tamiz, 3 fevral kuni "Eshitdik-da" rukni ostida Azizbek Amonovning "Istiqlol"ga o'tayotgani haqida xabar bergandik.  4 fevral kuni esa bu "Lokomotiv" hamda "Istiqlol" tomonidan tasdiqlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia