Aziz To'xtaboev: "Rejalarimiz boshqacha edi"

Narzulla Saydullayev
18 okt 2019, 20:35
Coca Cola superligasi 22-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyingi matbuot anjmaninig ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Aziz To'xtaboev qatnashdi.

Bugungi o'yindan oldin rejalarimiz boshqacha edi. Futbolchilarga faqat g'alaba qozonishimiz shartligini uqtirgandik. Bugun yutqazishga haqqimiz yo'q edi. Afsuski o'z xatolarimiz evaziga darvozamizdan gollar o'tkazib yubordik. Xatolar ustida ishlaymiz. Hali kamchiliklarimiz etarlicha ekanligini bugungi uchrashuv ko'rsatib berdi.
Bundan buyog'iga har bir ochko oltinga teng bo'lib bormoqda. Bizni oldinda juda qiyin o'yinlar kutib turibdi. Navbatdagi bahslarda ijobiy natijalarni qayd etib turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilab olamiz deb ishonaman.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz