Aziz Haydarov maydonga tushmadi, "Al Shabab" durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2014, 12:07
BAA pro ligasida 13-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Aziz Haydarov to'p tepayotgan "Al Shabab" klubi safarda "Baniyas" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Bu o'yinda ikkala tomondan bittadan futbolchi qizil kartochka oldi. Mehmonlar safida o'zbekistonlik Aziz Haydarov maydonga tushmadi.

"Shabab" keyingi o'yinni 9 yanvar kuni "Al Ayn"ga qarshi safarda o'tkazadi.


"Baniyas" - "Al Shabab" 1:1
Gollar:
Munoz 4 - Edgar Silva 59 penalti.
Amalga oshirilmagan penalti: Edgar Silva 78.
Chetlatish: Muhsin Al Hoshimi 17 ("Baniyas") - Hamdam Qossim 90+3 ("Al Shabab").

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia