Aziz Amonov: "Olimpik"ning ikkinchi tarkib bilan maydonga tushishi aniq edi. Hozir hamma futbol o'ynashni biladi"

Iskandarov Abdulaziz
28 sen 2023, 23:42
"Nasaf" jamoasining hujumchisi Aziz Amonov "Olimpik" bilan uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Futbolchi bugun jamoasining o'yindagi dastlabki to'pini kiritdi.

- O'yin haqida...

- G'alaba bilan barchani tabriklaymiz. "Bunyodkor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng bugun g'alaba qozonib, aybimizni yuvishimiz shart edi. Qolaversa, oldinda OCHL uchrashuvi bor. Bu g'alaba jamoaga ko'tarinkilik berishi shubhasiz. Xudoga shukur uch ochko bilan ortga qaytdik. 

- "Olimpik"ning asosiy tarkibi Osiyo o'yinlarida ishtirok etmoqda. Shunday ekan qandaydir kutilmagan suyurpirizlar bo'lmadimi?

- Raqibning bunday tarkibda tushishi aniq edi. Hozir hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. Yildan yilga yoshlar ham o'sib boryapti. Chempionatimizda ham sovg'alar ko'p uchramoqda. 

- 2:1 bo'lib turgan pallada hisobni ushlashga urinish bo'ldimi?

- Himoyaga e'tibor qaratish, ustunlikni raqibga berib qo'yishni anglatmaydi. Himoyalanib ham o'yinni nazorat qilish mumkin. 

- "Al Sadd" bilan o'yin Qarshida o'tadi. Qatar klubi so'nggi bor Qarshiga kelganida ortga mag'lubiyat bilan qaytgan...

- OCHLda O'zbekiston shanini munosib himoya qilishga harakat qilamiz. Borimizni beramiz. Xudoga tavakkal qilib maydonga chiqamiz, deya olaman. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia