“Real” vingeri Eden Azar chap son mushaklaridan jarohat olgani tufayli 3 fevraldan beri tiklanish jarayonlarini olib bormoqda.
AS yozishicha, belgiyalik to'liq sog'aygan va tez orada jamoaviy mashg'ulotlarga qaytadi.
U 13 mart kuni La Liga doirasida o'tadigan “Elche” qarshi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 da start oladi.