Azar: "Penaltilarni Ramosning o'zi tepaversin"

Mirjalol Normatov
14 iyun 2019, 22:39
"Real" vingeri Eden Azar jamoaning penaltichisi bo'lmoqchi emas.

Uzoq yillar davomida Azar o'z jamoasi va termasining penaltichisi bo'lib kelayotgandi.

"Sardorimiz (Serxio Ramos) penaltilarni yaxshi amalga oshiradi. Penaltilarni uning o'zi tepaversin. Agarda u menga buni tepishimni aytsa, ikkilanmay uning aytganini qilaman. "Real"da yulduzlar juda ko'p. Men esa yangiman, shu boisdan maydonda jamoa uchun borimni berishga harakat qilaman", - dedi Azar.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca