Azar: "Hamma durang bo'ladi deb o'ylagan edi, ammo..."

Aslanov Jasurbek
27 avg 2018, 00:45
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar "Nyukasl"ga qarshi bo'lib o'tgan Premer-liganing 3-tur uchrashuvi (2:1) haqida fikr bildirdi.

"Nyukasl" gol urganida hamma durang bo'ladi deb o'ylagandi, ammo bu "Chelsi". Biz hech qachon taslim bo'lmaymiz. Bahsni yaxshi o'tkazdik, ko'plab vaziyatlar yaratdik va g'alabaga munosib o'yin ko'rsatdik. Bugun charchoqni his qilyapman. Butun jamoa charchadi deb o'ylayman, ammo 3 ochkoni qo'lga kiritdik" - deydi Azar.

London klubi keyingi turda o'z maydonida "Bornmut" bilan o'ynaydi. Bahs 1 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC