Azar ayni paytda dunyoning eng kuchli hujumchisi kim ekanligini aytdi

19 noya 2019, 00:37
“Real” yarim himoyachisi Eden Azar jamoadoshi Karim Benzema haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

“Benzemasi yo'q jamoaga qarshi o'ynash osonroq. Bu narsa maydonda yaqqol seziladi. Chunki uning maydonda ekanligi raqib jamoaga katta qiyinchlik tug'diradi. U ayni paytda dunyoning eng kuchli hujumchisi. U nafaqat hujumda foyda keltiradi, balki jamoani yanada kuchliroq qiladi. Agar uni terma jamoaga chaqirishmayotgan bo'lishsa, bu biz uchun yaxshi (kuladi), ammo Karim uchun yomon holat”, deydi Azar.

Ilgariroq “Real” ustozi Zinedin Zidan Fransiya termasi murabbiylar shtabini Benzemani termaga jalb etmagani uchun tanqid qilib chiqqandi. 

So'ngra Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre hujumchining terma jamoadagi faoliyati yakuniga etgani haqida bayonot bilan chiqish qilgandi. Bu gap so'zlardan keyin Benzemaning o'zi voqealar jarayoniga aralashib, Fransiya termasidagi faoliyati yakunlash yoki yakunlamaslikni faqat o'zi hal qilish haqida gapirgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru