Ayollar o'rtasidagi YCHL. “Barsa” finalda yana “Lion”ga qarshilik ko'rsatolmadi

Eldor Akmurzayev
22 may 2022
Turindagi “Alyanc” stadionida ayollar o'rtasida Chempionlar ligasi musobaqasi 2021/22 yilgi mavsumining hal qiluvchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda “Lion” 3:1 hisobida “Barselona”ni taslim etib, o'z tarixida 8-marotaba (rekord) musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, 2019 yil ham mazkur jamoalar finalda to'qnash kelgan va o'shanda ham “sherlar” 4:1 natijasi bilan zafar quchgandi.

“Barselona” – “Lion” 1:3 (1:3, 0:0)

“Alyanc” stadioni

Gollar: Amandin Anri 6 – 0:1, Ada Xegerberg 23 – 0:2, Katarina Makario 33 – 0:3, Aleksiya Putelyas 41 – 1:3.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia