“Ayaks”ning mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi

16 may 2020, 09:36
Bu nomga marokashlik futbolchi loyiq ko'rildi.

Hakim Ziyosh 2019/20 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, “Ayaks”ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Qayd etish joiz, Niderlandiya chempionati koronavirus sabab muddatidan avval yakunlandi. Hakim esa joriy mavsum Erediviziyada 21 ta o'yinad maydonga tushib, 6 ta gol urdi.

Ushbu sovrin 1993 yildan beri topshirib kelinadi. Ziyosh ushbu sovrinni ketma-ket 3 marta qo'lga kiritgan ilk futbolchi bo'ldi. Avvalroq ushbu sovringa ketma-ket 2 bor Luis Suares (2009, 2010) hamda Yasper Sillessen (2015, 2016) ega chiqqandi.

Eslatib o'tamiz, marokashlik futbolchi yangi mavsumni “Chelsi” safida boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Аякс” расмий сайти