"Ayaks" Tuxel ishonch bildirmayotgan Zieshni qaytarmoqchi

Alisher
22 avg 2022, 11:30
Amstyerdamning "Ayaks" klubi Londonning "Chelsi" klubi vingeri Xakim Ziesh bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.

Marokashlik futbolchi bosh murabbiy Tomas Tuxelning rejalariga kirmasligi sabab Angliya klubidan ketishni xohlamoqda.

Qayd etish kerakki, Ziesh "Chelsi"ga "Ayaks"dan o'tdi. Vinger amstyerdamliklar tarkibida 2016-2020 yillarda o'ynagan.

Zieshning "Chelsi" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangansh. U o'tgan mavsum londonliklar safida barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira