"Ayaks" so'nggi 14 yilda ilk marotaba evrokubok chorak finaliga chiqdi

Aslanov Jasurbek
17 mar 2017, 14:16
"Ayaks" so'nggi 14 yilda birinchi marotaba evrokuboklarning birida chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Gollandiya jamoasi "Kopengagen"ga qarshi Yevropa ligasi 1/8 final javob uchrashuvida 2:0 hisobida g'alabaga erishdi va ikki bahs natijasiga ko'ra keyingi bosqichga yo'l oldi.

Amstyerdam klubi so'nggi marotaba 2002/03 mavsumda Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqqan edi.

"Ayaks" Chempionlar Kubogi (1971, 1972, 1973), Chempionlar ligasi (1995), UEFA Kubogi (1992) va UEFA Superkubogi (1972, 1973, 1995) sohibi hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com