

"Ayaks" "Roma"dan Benyamin Taxirovichni sotib oldi. Niderlandiya klubi futbolchi uchun 8.5 mln evro to'lagan. Bosniya va Gertsegovinada tavallud topgan futbolchi endi "Ayaks" safida to'p tepadi, klub u bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, Taxirovichni Mourinyu top futbolchiga aylanadi deb tahmin qilgandi. U o'tgan mavsum A Seriyada 11 ta o'yinda maydonga tushdi.



