"Ayaks" jahon chempioni bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
24 dek 2022, 13:57
"Vilyarreal" darvozaboni Xeronimo Ruli faoliyatini Niderlandiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 30 yoshli argentinalik uchun "Ayaks" da'vogarlik qilmoqda. Amstyerdam klubining o'yinchi bilan yanvarda shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Ruli joriy mavsum "Vilyarreal" safida La Liga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 10ta to'p olib chiqdi va 7ta "quruq" o'yin o'tkazdi. 

Transfermarkt o'yinchini 10 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano