"Ayaks" Eriksen uchun "Tottenxem"dan 15 million so'rayapti

Tolibjon Qosimov
28 avg 2013, 14:00
Ayaks "Tottenxem"ga Kristian Eriksenni 15 million evrodan kamiga sotmoqchi emas, deya xabar bermoqda De Telegraaf.
Ayni vaqtda "Tottenxem" vakillari "Ayaks" vakili Mark Overmars bilan ushbu transfer borasida muzokaralar olib boryapti. Golland klubi futbolchi uchun 15 million evro so'rayapti. Biroq "Tottenxem" uning uchun uzog'i bilan 10 million evro berishmoqchi ekanini ma'lum qilishdi. "Ayaks" aytayotgan narx bu futbolchi uchun haddan tashqari baland deb hisoblaydi London klubi vakillari.

Avvalroq Eriksenga Rossiyaning "Zenit", "Dinamo" va SSKA klublari ham qiziqishgandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru