

Bu amsterdamliklar uchun Chempionlar ligasining joriy mavsumida pley-off bosqichi safar o'yinlaridagi uchinchi g'alaba bo'ldi. "Ayaks" 1/8 finalda Madridda "Real"ni enggan bo'lsa (4:1), 1/4 finalda "Yuventus"ni Turinda taslim qilgan edi (2:1).
"Ayaks" YCHL bir mavsumida pley-offdagi barcha uchta safar o'yinida g'alaba qozongan tarixdagi bor yo'g'i uchinchi jamoa bo'ldi.

Bungacha faqatgina 2012-2013 yilgi mavsumda "Bavariya" va 2017-2018 yilgi mavsumda "Real" bu ishni uddalagan. Avvalgi har ikki safar ham yakunda o'sha jamoa chempion bo'lgan. Ko'ramiz, "Ayaks" o'sha yoqimli ananani oxiriga etkazib qo'ya olarmikin?!




