"Ayachcho" bankrotlik jarayonini boshladi

Sherzod Nurmatov
21 avg 2025
"Ayachcho" futbol klubi 18 avgust kuni Ayachcho tijorat sudiga ariza topshirib, bankrotlik jarayoniga kirishdi. Bu haqda "Le Parisien" xabar tarqatdi.

Bu 180 ga yaqin xodimning ishdan bo'shatilishi va may oyida Liga 2ning eng yaxshilaridan biri deb topilgan klubning mashg'ulot markazi yopilishini anglatadi.

Avvalroq Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) Futbol klublarini nazorat qilish va boshqarish milliy direkciyasi (DNCG) qarori bilan jiddiy moliyaviy muammolar tufayli "Ayachcho"ni yangi mavsumda milliy musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirgandi. Klubning qarzi kamida 13 million evroga baholanmoqda.

"Ayachcho" o'tgan mavsum Liga 2da 12-o'rinni egalladi. 1910 yilda tashkil etilgan klub boy tarixga ega va ikki marta Fransiya ikkinchi divizioni chempioniga aylangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le Parisien