Avstriya terma jamoasi Zabitcerni yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2021
"Bavariya" va Avstriya terma jamoasi yarim himoyachisi Marsel Zabitcer 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Shotlandiyaga qarshi o'yinda qatnashmaydi.

Futbolchi hozir o'z klubi ixtiyorida bo'lib turibdi. Yarim himoyachining mushaklari jarohatlangan, bu esa 7 sentyabr kuni bo'ladigan o'yingacha tiklanishiga to'sqinlik qiladi.

"Bavariya" tibbiy shtabi Avstriya futbol federatsiyasi va terma jamoa bosh murabbiyi Franko Foda bilan maslahatlashdi. Suhbat natijasida ular Zabitcer tiklanish jarayonini Myunxenda davom ettirishiga qaror qilishdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bayern Strikes