Avstraliya U-23 bosh murabbiyi: "Milliy jamoamizning JCHga chiqqani bizga motivaciya beradi"

Alisher
14 iyun 2022, 15:05
Ertaga U-23 Osiyo Kubogi yarim finali doirasidagi Avstraliya - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'yindan oldingi matbuot anjumanida Avstraliya bosh murrabiyi Trevor Morgan va futbolchi Remmi Najarin ishtrok etishdi.


- Ertangi o'yin oldidan fikrlaringiz...

- Ertangi o'yin bizning futbolchilarimizga o'zini ko'rsatishi uchun juda ham ajoyib imkoniyat. O'yinni sabrsizlik bilan kutyapman, menga qo'yib berishsa-yu, bugun o'ynasak...

- Avvalambor, milliy jamoangiz JCHga yullanma olgani bilan tabriklayman. Milliy jamoangizni mundialga yo'llanma olishi U-23 jamoangizga ertangi o'yinga ruhiy tarafdan qanchalik ustunlik beradi?

- Rahmat. Albatta biz milliy jamoamizni JCHda ko'rishdan juda xursandmiz va bu biz uchun aniq motivaciya bo'la oladi. Ammo, biz ertangi o'yinda fikrimizni jamlagan holda g'alaba qozonishimiz shart.

- Ertangi raqibingiz bo'lmish Saudiya Arabistoni turnir doirasida umuman gol o'tkazmadi va siz ularni qanday tarzda to'xtatmoqchisiz?

- O'z rejam bor, ammo buni sizga ayta olmayman. Ularni to'xtatishni bir yo'li gol urishimiz kerakligidadir. Biz ham faqat bitta gol o'tkazib yuborganmiz va o'ylaymanki, bu deyarli bir xil narsa.

- Ertaga sizning jamoangiz Saudiya Arabistoni bilan uchrashadi va o'sha kuni O'zbekiston Yaponiya bilan o'ynaydi. Bu to'qnashuvda kim g'alaba qozonadi deb o'ylaysiz?

- O'ylashimcha, natijani oldindan ayta olish ilojsiz, ammo chorak finalga e'tibor bersangiz, O'zbekiston Iroqqa qarshi xarakter ko'rsatdi, Yaponiyada esa o'yin sifati top darajada. O'ylaymanki, ertaga juda qiziq uchrashuvlar bo'ladi.

- Saudiya Arabistoni tarkibidagi qaysi futbolchi eng xavfli deb o'ylaysiz?

- Raqibimiz tarkibida juda ko'p istedodli uyinchilar bor, ammo men ertangi asosiy tarkibni bilmayman, - dedi Trevor Morgan.


- Futbolchi Remmi Najarinning fikrlari...

- Juda ham hayajondamiz, o'ylashimcha ertaga ajoyib o'yin guvohi bo'lasiz, - deya qo'shimcha qildi Remmi Najarin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia