Aviakompaniya Messidan uzr so'radi

Aslanov Jasurbek
3 mar 2018, 16:07
Vueling Airlines aviakompaniyasi o'z prezidenti Xaver Sanches-Prietoning "Barselona" hujumchisi Lionel Messi nomiga aytgan so'zlari uchun uzr so'rashiga to'g'ri keldi.

"Biz hech qachon biror futbolchi bilan bahslashishni xohlamaganmiz. Messi bizga hech qanday muammo tug'dirmaganligini tasdiqlay olamiz" - deyiladi kompaniya matbuot-xizmati bayonotida.

Oldinroq, Sanches-Prieto Barselonadagi yangi terminal Lionel Messining uyiga yaqin ekanligi tufayli qurilmasligini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca