Aurelio De Laurentis: “Skudetto - “Napoli”ning asosiy maqsadi”

23 noya 2018, 08:54
“Napoli” prezidenti jamoaning maqsadi haqida gapirdi.

“Skudetto? Bu bizning maqsadimiz, bu orzu ham, utopiya (xom xayol) ham emas. “Napoli”ni har kim bilan oxirigacha kurasha oladigan jamoa deb bilaman. Bizda sifatli tarkib va yaxshi o'yinchilar bor. Anchelotti? U juda yaxshi ishlamoqda. Men u bilan besh yil davomida bog'lanib keldim va u bilan shartnoma imzolashni xohlagandim. Men ertami, kechmi baribir uni “Napoli”ga olib kelishga umid qilardim. Yakunda menda hammasi o'xshadi”,-deydi Laurentis.

O'xshash yangiliklar


Manba: Сalciomercato