"Atletiko"ning asosiy himoyachisi "Chelsi"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Mirjalol Normatov
21 fev 2021, 12:25
"Atletiko" himoyachisi Xose Ximenes Ispaniya chempionat doirasida "Levante"ga qarshi o'yinni yakunlay olmadi.

Urugvaylik futbolchi uchrashuvning 54-daqiqasida mushaklaridagi muammo sababli almashtirildi. Uning jarohati tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, keyinchalik to'liqroq ma'lumot beriladi.

Shu orqali uning YCHL 1/8 finali doirasida "Chelsi"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal