"Atletiko"ga 50 mln evro beriladi, "Barselona"ga esa yo'q. Nima?

Alisher
17 apr 2024, 11:41
"Atletiko" Chempionlar ligasining chorak finalidan chiqib ketganiga qaramay 2025 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida o'ynaydi.

Madridliklar UEFA reytingida "Barselona"dan o'tib ketishdi va 2025 yil AQSHda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi JCHda o'ynaydigan Yevropaning 11-klubi bo'lishdi.

Turnir iyun-iyul oylarida 32 klub (4ta jamoadan 8ta guruh) ishtirokida bo'lib o'tadi. "Atletiko" undagi ishtirok uchun 50 mln evro oladi.

Oldinroq, KJCH-2025ga "Chelsi", "Real", "Manchester Siti", "Bavariya", PSJ, "Inter", "Portu", "Benfika", "Borussiya" (Dortmund) va "Yuventus" yo'llanma olgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: marca.com