"Atletiko" yana stadion hududida Kurtuaning familiyasi yozilgan lavhani o'rnatdi. Kecha uni buzib tashlashgandi

Alisher
31 may 2022, 17:26
"Atletiko" stadion hududida Tibo Kurtua nomidagi lavhani tikladi.

Kecha stadion hududidagi hozirda "Real"da o'ynayotgan "Atletiko" sobiq darvozaboni Tibo Kurtuaning xotira lavhasi noma'lum shaxslar tomonidan buzib tashlangan edi.

Bugun u yana "roxiblankos" stadioni hududida paydo bo'ldi.

Dushanba kuni ertalab "Atletiko" prezidenti Enrike Sereso Kurtua haqidagi savolga javob berar ekan kimdir belgiyalikning lavhasini olib tashlamoqchi bo'lsa, "to'qmoq va belkurak olib olib tashlay qolsin" degandi.


Madrid meri - Kurtuaga CHL-2014 finali haqida: "Sen bilan birga Lissabonda yig'laganlar ham to'g'ri tomonda"

FOTO  Madridda "Real"ning CHLdagi g'alabasidan so'ng Kurtuaning xotira lavhasi buzib tashlandi


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As