"Atletiko" "Vulverxempton" hujumchisiga qiziqmoqda

Alisher
13 iyul 2021, 14:10
"Vulverxempton" hujumchisi Rafa Mir "Atletiko"ning transfer maqsadidir.

"Atletiko" urugvaylik Luis Suares uchun ehtimoliy o'rinbosar qidirmoqda va shaxsan madridliklar ustozi Diego Simeone portugaliyalikni klubda ko'rmoqchi.

Rafa Mir o'tgan mavsumni Ispaniyaning "Ueska" klubida ijarada o'tkazdi va 39ta o'yinda 16ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining transferi huquqi "Vulverxempton"ga tegishli, u "bo'rilar" safiga 2018 yilning yanvarida kelib qo'shilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS