"Atletiko" va PSJ futbolchi almashishlari mumkin

Mirjalol Normatov
20 avg 2018, 23:26
AS xabariga ko'ra, "Atletiko" va PSJ o'zaro futbolchi almashishlari mumkin.

Aytilishicha, parijliklar "matraschilar" himoyachisi Felipe Luisning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Futbolchini tarkibga jalb qilish uchun PSJ jahon chempioni Leyvin Kurzavadan voz kechishga tayyor turibdi.

Oldinroq Luis jamoa rahbariyatiga o'zini PSJga sotishi kerakligini aytgani haqida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS