"Atletiko" va "Manchester Yunayted" bir mutaxassis bilan muzokaralar olib bormoqda

Mirjalol Normatov
15 yanv 2022, 00:19
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi Yevropaning top-klublari qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, "Atletiko" hamda "Manchester Yunayted" kabi klublardan qiziqish bo'lmoqda. Biroq "Inter"ning o'zi mutaxassisni klubda olib qolishni istamoqda. Klubdagilar ayni damda italiyalikka 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tayyorlamoqda.

Manbada aytilishicha, Inzagining o'zi ham boshqa chempionatda ishlashga qarshi emas. Biroq avvalo u klubni rozi qilib ketishni istamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport