"Atletiko" va "Barselona"ga The Best uchligi yoqmadi

Aslanov Jasurbek
4 sen 2018, 12:19
Kecha, 3 sentyabr kuni FIFA rasmiy sayti "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrini uchun so'nggi uch da'vogar nomi e'lon qilindi.

Muhammad Saloh ("Liverpul"), Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") va Luka Modrich ("Real") finalchilar sifatida etirof etildi.

"Barselona" va "Atletiko" bu uchlikdan shokka tushdi. Ikkala klub ham ushub finalchilar orasida o'z yetakchisi bo'lishini shama qilib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda quyidagi surat va so'zlarni e'lon qildi.

"Izohlarsiz" - deyiladi "Atletiko" "Instagrami"da.


"U dunyodagi eng zo'ri" - deyilgan "Barselona" "Tvitter" sahifasida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia