"Atletiko" "Real"ning hakamlikni tanqid qilgani haqida: "Ayrimlar doim ular foydasiga shamol esishiga odatlanib qolishgan"

Alisher
9 mar 2021, 13:15
"Atletiko" La Liga (1:1) o'yinidan so'ng "Real"ning hakam qarorini tanqid qilayotganiga munosabat bildirib tvit yozdi.

"Ular hatto to'g'ri qarorni ham tanqid qilishadi... Ayrimlar doim ular tomonga shamol esishiga ko'nikib qolishgan", - deyiladi "Atletiko" rasmiy tvitterida.

Birinchi taym so'nggida jarima maydonchasi ichida to'p "Atletiko" himoyachisi Felipening qo'liga tegdi. Hakam Alexandro Ernandes Ernandes esa epizodni baholash uchun VAR'dan foydalandi, ammo hakamning qarori yakunda o'zgarmadi.

Bu qarorga "Real" o'yinchilari, jumladan Kazemiro va Karim Benzema qarshi chiqishdi.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Atleti