"Atletiko", "Real" va "Yuventus" qiziqish bildirgan futbolchi jamoasi bilan yangi shartnoma tuzishi mumkin

Alisher
10 okt 2019, 16:27
"Portu" himoyachisi Aleks Telles klub rahbariyatidan yangi taklif qabul qilib oldi.

Qayd etish kerakki, yozda ushbu himoyachiga "Atletiko", "Real" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirishgan edi.

Portugaliya vice-chempioni esa mudofaa chizig'ida ishonchli o'ynayotgan Tellesni jamoada saqlab qolmoqchi.

26 yoshli braziliyalik futbolchining "ajdarlar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar amal qiladi.

Xabarlarga qaraganda, klub va futbolchi yangi shartnomaga ko'ra 2023 yilga qadar hamkorlik qilishadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: A Bola