"Atletiko" Partining o'rniga uchta nomzod topdi

24 iyun 2020, 23:00
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachi Tomas Partining jamoani tark etishiga tayyorlanmoqda, deb xabar qildi La Razon.

Takidlanishicha, "matraschilar" tomonidan tuzilgan Partining o'rnini egallashi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatiga quyidagilar kiritilgan: Mauro Arambarri (Xetafe), Andre Zambo (Fulxem) va Idrissu Baba (Malorka).

Eslatib o'tamiz, Tomas uchun asosiy da'vogar Londonning "Arsenal" klubi bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Razon