"Atletiko" Oblakka APLdan o'rinbosar topdi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2022, 10:39
Madrid klubi "Aston Villa" va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martinesga qiziqyapti.

Manbaning xabariga ko'ra, Ispaniya klubi qishki transfer oynasida darvozabonni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. 

Argentinalik "matraschilar" tarkibida “Manchester Yunayted" faol qiziqish bildirayotgan sloveniyalik darvozabon Yan Oblakni almashtirishi mumkin.

30 yoshli Martines joriy mavsum "Aston Villa" safida 8 ta o'yinda maydonga tushdi va 11 ta gol o'tkazib yubordi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror