

Enrike Sereso La Liga prezidentidan hujumchi Antuan Grizmanning transferini ro'yxatga olmaslikni so'ramoqda.
"Barselona" va Antuan Grizmann transfer qoidalarini buzishgan va pul tejab qolishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda. O'z navbatida, "Atletiko" ham o'z huquqlaridan foydalanmoqda.
"Barselona" o'tgan haftada 28 yoshli hujumchini bilan shartnoma imzolanganini e'lon qilgan edi.
Grizmann "Barselona" tarkibida "Chelsi" (1:2) ga qarshi o'yinda debyut qilishga ham ulgurdi.




