"Atletiko" kutilmaganda "Milan" vingeri uchun kurashga qo'shildi

Alisher
3 yanv 2020, 16:17
Diego Simeone hujumkor futbolchilarni izlashda davom etadi.

"Atletiko" milanliklar hujumchisi Samu Kastilexoni ijaraga olishga qarshi emaslar.

Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum "Milan"ning asosiy tarkibida maydonga tushmayapti. Murabbiylar shtabi ham unga ishonch bildirmayapti.

Kastilexoning "Espanol"ga o'tishi taxmin qilinayotgan edi, ammo kutilmaganda futbolchi uchun "Atletiko" kurashga qo'shildi. Madrid grandi zudlik bilan Diego Kostaning jarohati sabab hujumni kuchaytirishni o'ylamoqda.

Kastilexo "Vilyarreal" tarkibida yaxshi o'yinlar ko'rsatgan. U "sariq suvosti kemasi"da uch mavsumda 91ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport