"Atletiko" Ispaniya Kubogining barcha finallarini o'z stadionida o'tkazmoqchi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2017
"Atletiko" rahbariyati Ispaniya futbol federaicyasi (RFEF) prezidenti Anxel Mariya Vilyarga taklif bilan chiqdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Atletiko" RFEFga Ispaniya Kubogining barcha finallarini o'zining yangi "Vanda Metropolitano" stadionida o'tkazish taklifini berdi. Rejaga ko'ra, poytaxt klubi kelasi mavsumdan o'zinin uy uchrashuvlarini ushbu arenada o'tkazadi.

Ispaniyada mamlakat Kubogi final uchrashuvini o'tkazadigan joy muammosi katta bahslarga sabab bo'lmoqda. Ayniqsa "Real" turnirni erta tark etib, finalga "Barselona" chiqqanida. Kataloniyaliklar doimo "Santyago Bernabeu"da o'ynashni istagan, ammo "Real" rahbariyati ushbu bahsni o'z arenasida o'tkazmaslik uchun doimo bahona topadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser