

Ma'lumotlarga ko'ra, "Atletiko" RFEFga Ispaniya Kubogining barcha finallarini o'zining yangi "Vanda Metropolitano" stadionida o'tkazish taklifini berdi. Rejaga ko'ra, poytaxt klubi kelasi mavsumdan o'zinin uy uchrashuvlarini ushbu arenada o'tkazadi.
Ispaniyada mamlakat Kubogi final uchrashuvini o'tkazadigan joy muammosi katta bahslarga sabab bo'lmoqda. Ayniqsa "Real" turnirni erta tark etib, finalga "Barselona" chiqqanida. Kataloniyaliklar doimo "Santyago Bernabeu"da o'ynashni istagan, ammo "Real" rahbariyati ushbu bahsni o'z arenasida o'tkazmaslik uchun doimo bahona topadi.



