"Atletiko" ikki asosiy o'yinchisidan ayrildi

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2022
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachilari Markos Lorente va Joffre Kondogbia safdan chiqdi.

Manbaning xabar berishicha, har ikki futbolchi "Atletik"ga qarshi bo'lib o'tgan Superkubok yarim finalida (1:2) jarohatlangan. 

Lorente 3 haftadan keyin safga qaytishi kutilmoqda. Kondogbia esa kamida bir oy maydonga tushmaydi.

26 yoshli Lorente joriy mavsumda 21 o'yinda qatnashib, 2 ta golli pas uzatdi. 28 yoshli Kondogbia esa 22 o'yinda 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS