“Atletiko” futbolchisi: “Barselona” fantastik jamoa, ammo biz uch ochko ilinjidamiz”

Eldor Akmurzayev
28 iyun 2020, 21:20
“Matraschilar” himoyachisi Kiran Tripper La Liga 33-turi doirasida “Barselona”ga qarshi 30 iyun kuni o'tadigan bahs oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bu fantastik jamoa. Joriy mavsum ular bilan 2 marta to'qnash kelishga ulgurdik.

Bor e'tiborimizni o'zimizga qaratishimiz va tiklanish jarayonini muvaffaqiyatli o'tashimiz kerak, boisi, uchrashuvga atigi ikki kun qolgan.

Seshanba kungi bellashuvni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz va uch ochkoni qo'lga kiritishga harakat qilamiz”, deydi Tripper.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca