

"Kolchoneros" sport departamenti 20 yoshli braziliyalikni yuqori baholaydi. Transfer yaqin kunlarda amalga oshishi kutilmoqda. Shartnoma 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'ladi.
"Atletiko" braziliyalikni Yevropa klublaridan biriga ijaraga berib yuborishi mumkin. Futbolchiga xususan "Selta" va "Kadis" klublari qiziqish bildirmoqda.
Markos Paulo 2020 yilgi mavsum Braziliya A Seriyasida 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.


