"Atletiko" Fernando Torres bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher Ostonov
31 may 2025, 17:38
"Atletiko" klubning ikkinchi jamoasi bosh murabbiyi Fernando Torres bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 41 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan yangi kelishuv 2027 yilga qadar mo'ljallangan. Moliyaviy tafsilotlar ochiqlanmagan.

Fernando Torres 2022 yilda "Atletiko"ning o'rinbosarlari bilan murabbiylik faoliyatini boshlagan. Bu vaqt ichida jamoa ikki marta chempionlikni qo'lga kiritdi, shuningdek nufuzli yoshlar turniri bo'lmish UEFA Yoshlar ligasining yarim finaliga yo'l oldi.



O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com